RuckUp maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 17-oktabr 2026. Oxirgi yangilanish: 28-oktabr 2026.

Ushbu siyosat RuckUp ilovasi qanday shaxsiy ma'lumotlarni yig'ishi, ulardan qanday foydalanishi va himoya qilishini tushuntiradi. Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.

1. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz

Ma'lumot Nima uchun
Email, foydalanuvchi nomi, parol (xeshlangan holda) Akkaunt, kirish kodi yuborish
Kirish, ro'yxatdan o'tish yoki parolni tiklash kodi so'ralganda: IP manzil, ilova yoki brauzer turi va vaqt — 30 kun saqlanadi Akkauntni begona urinishlardan himoya qilish
Akkauntingiz ochiq qurilmalar: telefon modeli, operatsion tizim va ilova versiyasi, oxirgi IP manzil va faollik vaqti — qurilmadan chiqqaningizda yoki u 30 kun ishlatilmasa o'chiriladi "Qurilmalar" bo'limida akkauntingiz qayerda ochiqligini ko'rsatish va begona qurilmani chiqarish
Telefon raqami Akkaunt profili; boshqa o'yinchilarga ko'rsatilmaydi
Profil rasmi (ixtiyoriy) Profil va ro'yxatlarda ko'rsatish
Google akkaunti ma'lumotlari (Google orqali kirsangiz): ism, email, rasm Ro'yxatdan o'tish va kirish
Apple ID ma'lumotlari (Apple orqali kirsangiz): ism, email (Apple yashirgan manzil bo'lishi mumkin), Apple foydalanuvchi identifikatori Ro'yxatdan o'tish va kirish
O'yin ma'lumotlari: turnirlar, natijalar, duellar, PTS va XP Reyting va statistika
Chat xabarlari Xabarlarni yetkazish
"Texnik yordam" chati: xabarlaringiz va yuborgan rasmlaringiz (masalan, skrinshotlar) Savolingizga javob berish, ilovadagi nosozliklarni tuzatish
Shikoyat va bloklash: shikoyat sababi, izohingiz, shikoyat qilingan foydalanuvchi bilan oxirgi yozishmalar Qoidabuzarliklarni ko'rib chiqish va foydalanuvchilarni himoya qilish
Joylashuv — faqat PTS duelini boshlash paytida Klub hududida ekaningizni tekshirish; koordinatalar saqlanmaydi
Push bildirishnoma tokeni (Firebase) Bildirishnoma yuborish
Ilova xatolari hisobotlari (Firebase Crashlytics): qurilma modeli, tizim versiyasi, xato tafsilotlari Ilova yopilib qolish sabablarini topish va tuzatish
Online holat va oxirgi faollik vaqti Do'stlarga online ekaningizni ko'rsatish
Saytdagi klub arizasi (ixtiyoriy): klub nomi, shahar, stollar soni, mas'ul shaxs ismi va telefoni Klubni ulash uchun bog'lanish

Ma'lumotlar faqat yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarda ishlatiladi. Ilovada reklama yo'q va ma'lumotlaringiz asosida reklama profili tuzilmaydi.

2. Kim ko'radi

3. Saqlash muddati va akkauntni o'chirish

Ma'lumotlar akkaunt faol bo'lgan davrda saqlanadi. Akkauntni o'chirsangiz, u to'liq o'chiriladi: unga kirish darhol yopiladi, profilingiz boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi, 30 kun ichida esa barcha shaxsiy ma'lumotlaringiz — ism, email, telefon raqami, rasmlar, chat xabarlari, do'stlar ro'yxati, "Texnik yordam" yozishmalari va bildirishnomalar — serverlarimizdan butunlay o'chiriladi va ularni tiklab bo'lmaydi. Boshqa o'yinchilarning turnir jadvallari buzilmasligi uchun o'tgan o'yin natijalari ismsiz qoladi va sizga bog'lanmaydi.

4. Xavfsizlik

Ma'lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi, parollar xeshlangan holda saqlanadi, serverga kirish cheklangan. "Texnik yordam"ga yuborilgan rasmlar ochiq bo'lmagan xotirada saqlanadi va faqat himoyalangan havola orqali ochiladi.

5. Huquqlaringiz

Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish (Profil → Shaxsiy ma'lumotlar) va o'chirish (Profil → Sozlamalar → "Hisobni o'chirish" yoki ruckup.uz/account-deletion) huquqiga egasiz. Joylashuv va bildirishnoma ruxsatlarini telefon sozlamalarida istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.

6. Bolalar

RuckUp ilovasi 13 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallanmagan.

7. O'zgarishlar va aloqa

Siyosat yangilanganda ilova orqali xabar beramiz. Savollar va so'rovlar uchun: ilovadagi "Texnik yordam" chati yoki shahzodbekalikov@gmail.com.